OKMK "Gʻazalkent" darvozasiga 8 ta gol urdi
FIFA kunlari sabab yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanishni maqsad qilgan OKMK va "Gʻazalkent" jamoalari oʻzaro nazorat uchrashuvini oʻtkazdi.
Gollarga boy kechgan uchrashuv har ikki tomonning oʻzaro kelishuviga binoan, 35 daqiqadan 4 ta taym davom etdi. "Konchilar" ushbu bahsda toʻliq ustunlik qilib, 8:1 hisobida raqibni magʻlub qildi.
Gollar Faridjon Abdullaev, Nodirbek Abdurazzoqov, Ali Abdurahmonov, Aziz Xolmurodov (dubl), Siavash Haqnazari, Hazratjon Tursunqulov, Arihiro Sentokular tomonidan kiritildi.
Fikrlar