OKMK tarkibiga "Navbahor"da o‘ynagan futbolchi qo‘shildi!

  • 20.02.2026 23:42
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

OKMK Superliganing yangi mavsumiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Klub matbuot xizmati Rian Islomov bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi.

"OKMK FK tarkibni saviyali legionerlar bilan kuchaytirish barobarida, mahalliylashtirish va jamoani iste’dodli yoshlar bilan to‘ldirishda ham davom etadi. OKMK FK va Rian Islomov o‘rtasida uzoq muddatli rejalar ko‘zlangan holda, “2+1” sxemasi bo‘yicha shartnoma imzolandi.

2004 yilda tug‘ilgan futbolchi faoliyati davomida "Metallurg", "Olimpik" va "Navbahor" klublari safida jami 32 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 2 ta assist yozdirib qo‘ygan.

O‘z navbatida shuni ham alohida ta’kidlash joizki, iqtidorli yarim himoyachi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi safida xalqaro maydonlarda ham samarali harakat qilgan. Rian AFC U-20 Osiyo Kubogi saralash bahslarida 4 ta rasmiy uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmani o‘z hisobiga rasmiylashtirishga erishgan.

Bir so‘z bilan aytganda, Rian Islomovning tarkibga jalb etilishi klubimizning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasiga to‘la mos keladi. Bu orqali biz nafaqat o‘rta chiziqdagi kreativlikni oshiramiz, balki OKMK FKning kelajakdagi g‘alabalari uchun mustahkam iqtidorlar zahirasini shakllantirishda davom etamiz.

OKMK FK ahil oilasiga xush kelibsan, Rian!" — deyiladi xabarda

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!