OKMKdan yangi transfer
OKMK qishki transferlar oynasida selektsiya ishlarini davom ettirib, yana bir iqtidorli yosh futbolchi — Abubakr Rizo Turdialievni o‘z safiga qo‘shib oldi. Ikki karra O‘zbekiston Kubogi sohibi bo‘lgan yarim himoyachi bu yildan e’tiboran OKMK FK sharafini himoya qiladi.
24 yoshli yarim himoyachi bunga qadar Qarshining «Nasaf», Toshkentning «Olimpik» va «Lokomotiv» klublarida to‘p surgan.
Shuningdek, u O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi a’zosi sifatida ham harakat qilgan.
Turdialiev o‘tgan mavsumni «temiryo‘chilar» safida o‘tkazgan bo‘lib, 20 ta o‘yinda maydonga tushgan va barqarorlik ko‘rsatgan.
Endilikda, OKMK FK va futbolchi o‘rtasida 2 yillik shartnoma imzolandi.
Fikrlar