"Oktagon 29": Anvar Abdullaev jangi 3-raundda o‘z yakuniga etdi
"Oktagon 29" turniri qizg‘in tus olmoqda. Asosiy karddan o‘rin olgan janglarda hamyurtimiz super engil vazn (56.7 kg) toifasida faoliyat olib borayotgan Anvar Abdullaev ham oktagonga ko‘tarildi.
U qirg‘izistonlik Abdulakim Uuluga qarshi jang olib bordi. Qizg‘in va murosasiz kechgan to‘qnashuvning 3-raundi o‘tib borayotgan bir pallada hamyurtimiz bo‘g‘ish uslubi evaziga g‘alabani tantana qildi.
Shu tarzda yurtdoshimiz o‘zining 5- g‘alabasini qo‘lga kiritdi. U bundan avval 4 bora oktagonga ko‘tarilgan va barchasida g‘alaba qozongan edi.
Mazkur g‘alaba bilan hamyurtimizni tabriklaymiz va g‘alabali odimi bardavom bo‘lishiga tilakdoshmiz!
Fikrlar