"Oktagon 29": Odilxon Kamolov ishtirokidagi jang muddatidan avval yakunlandi

  • 24.03.2022 19:56
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qozog‘istonning Almati shahrida "Oktagon 29" turniri davom etmoqda. Ushbu jang kechasida yana bir hamyurtimiz Odilxon Kamolov ham oktagonga ko‘tarildi.

Unga mezbonlar vakili Didar Alimxon raqiblik qildi. Mazkur qarama-qarshilik ham birinchi raundda o‘z yakuniga etdi. Quvonarlisi, ajoyib harakat qilgan yurtdoshimiz ushbu to‘qnashuvda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi. 

Shu tariqa Odilxon Kamolov professional faoliyatidagi 2-jangida navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. 

Ushbu chiroyli jang va muhim g‘alaba bilan yurtdoshimizni tabriklaymiz. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!