"Oktagon 29" turnirida O‘zbekiston vakilasi jang qiladi
24 mart kuni Qozog‘istonning Almati shahrida Oktagon promousheni tomonidan MMA kechasi tashkil etiladi. Ya’ni, "Oktagon 29" turniri bo‘lib o‘tadi.
Biz uchun ahamiyatli jihati, ushbu jang kechasida yurtimizning iste’dodli MMA vakilalaridan biri O‘g‘iloy Nasimova ham o‘z jangini o‘tkazadi. U qirg‘izistonlik Aygerim Shabdanbekovaga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Ushbu jang 61.2 kg toifasida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Shabdanbekova professional faoliyati mobaynida 1 ta jang o‘tkazgan va unda g‘alaba qozongan. Hamyurtimizning ko‘rsatkichi esa, 2-4 ko‘rinish olgan.


Fikrlar