
"Oktagon 57" turnirida yana bir O‘zbekiston vakili jang qiladi. Raqib ma’lum!
Xabaringiz bor, 19 aprel kuni Qozog‘istonning Almati shahrida “Oktagon 57” turniri tashkil etiladi. Mazkur jang kechasida bir qator o‘zbekistonlik jangchilar ham oktagonga ko‘tariladi. Bugunga kelib, yana bir vakilimizning ishtiroki ma’lum bo‘ldi. Ya’ni, mag‘lubiyatsiz odimlayotgan Muhiddin Mamajonov (5-0) qirg‘izistonlik Kutman Asekovga qarshi jang qiladi.
Shuningdek, ushbu kechada Shohasan Mirzamatov, Amirxon alixo‘jaev, Azizbek Temirov, Diyorbek Ro‘ziboevlar ham oktagonga ko‘tariladi.
Fikrlar