
Olimjon Nazarov va Abdulaziz Najmiddinovning navbatdagi jangi sanasi va raqiblari ma’lum bo‘ldi
Professional boksda janglar o‘tkazib kelayotgan hamyurtlarimiz Abdulaziz Najmiddinov va Olimjon Nazarov navbatdagi jangini 30 iyul kuni Vietnamning Vung Tau shahrida "Cocky Buffalo" kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan boks oqshomida o‘tkazadi.
Super yarim engil vazn toifasidagi (58,9 kg) Abdulaziz Najmiddinov (9-0, 7KO) ushbu kechada Indoneziya vakili Rivo Kundimangga (9-3-2, 5KO) qarshi jang o‘tkazsa, o‘ta engil vazn toifasida (50,8 kg) Olimjon Nazarov (28-5, 15KO) WBO Oriental kamarini filippinlik Benvedino Ligasdan (14-2-2, 9KO) himoya qiladi.
Fikrlar