Olimlar koronavirusga qarshi vaktsinani afrikaliklarda sinab ko‘rishmoqchi. Eto'O bunga qanday javob berdi?

  • 03.04.2020 15:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Kamerunlik mashhur hujumchi Samuel Eto'O frantsuz olimlarining koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan vaktsinalarni afrikalik insonlarda sinab ko‘rish bo‘yicha bildirgan takliflarini eshitgach, qattiq g‘azablandi.

“Sizlar shunchaki shallaqisizlar. Afrika - bu sizlarning o‘yin maydonchangiz emas”, - deb yozadi Eto'O o‘z instagramdagi sahifasida.

Aytish kerakki, ayni damda Er yuzida milliondan ortiq odam koronavirusga chalingan. Shularning 53 ming nafari kasallikdan vafot etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!