Olimpiada boshlanmoqda: O‘zbekiston yulduzlarga to‘la Ispaniyani to‘xtata oladimi?

  • 23 iyul, 2024, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 15
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qiladigan yozgi Olimpiya o‘yinlari boshlanishiga tobora kam vaqt qolmoqda. Ko‘pchilikning e’tiborini Olimpiada dasturidan o‘rin olgan futbol musobaqasi jalb qilishi shubhasiz.

Tecno

Olimpiadada asosan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ishtirok etadi. Odatda, Olimpiya o‘yinlarida o‘zini ko‘rsatgan iste’dod egalaridan keyinchalik jahon miqyosidagi yulduz o‘yinchilar etishib chiqishi ham ayni haqiqat. Xususan, “Oltin to‘p”ni sakkiz bor qo‘lga kiritgan Lionel Messi ham xalqaro maydondagi ilk sovriniga Argentina olimpiya terma jamoasi safida 2008 yilgi Pekin Olimpiadasida ega chiqqani bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

Parij Olimpiadasining futbol musobaqalari 24 iyul kuni start oladi. Futbol ekspertlari hozirdan terma jamoalarning imkoniyatlarini tahlil qila boshladi.

Guruh bahslarining eng qiziqarli uchrashuvlaridan biri O‘zbekiston va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasida kechishi kutilmoqda.

Bu bahsga Frantsiyaning mashhur Park de Prens stadioni mezbon qiladi. PSJ klubi uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan bu arena 1897 yilda qurilgan va o‘z bag‘riga 47 ming 930 nafar muxlisni sig‘dira oladi.

O‘zbekiston – Osiyoning eng kuchli terma jamoalaridan. Timur Kapadze shogirdlarining mamlakat futboli tarixida ilk bor Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olganining o‘zi katta voqea.

O‘zbekiston U-23 terma jamoasining eng yorqin yulduzi Abbosbek Fayzullaev hisoblanadi. TsSKA hujumkor futbolchisi mamlakatning bosh jamoasida ham asosiy figuralardan sanaladi va olimpiyachilar orasida bo‘lishi tabiiy hol.

Yoshlarga yordam berishi kerak bo‘lgan uch nafar tajribali o‘yinchilar ham o‘ziga yarasha nomdor charm to‘p ustalaridir. Parijdagi jamoaning asosiy yulduzi “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov bo‘ladi. Uning yonida “Persepolis”ni Eron chempioni bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan Oston O‘runov va “Rizespor”ning mohir himoyachisi Husniddin Aliqulov yoshlarga har tomonlama o‘rnak bo‘lishi kutilmoqda.

Ispaniya – iste’dodli futbolchilarga to‘la mamlakat. Ispanlar buni Germaniyadagi Evropa chempionatida ham isbotladi. Qit’a chempionatida g‘olib chiqqan Lamin Yamal, Niko Uilyams va yana bir necha futbolchilarning yoshi Olimpiya o‘yinlarida qatnashish imkonini berardi.

Biroq Ispaniyada ularni bezovta qilmaslikka qaror qilishdi. Chunki ularsiz ham tarkibda o‘ta kuchli futbolchilar jamlangan.

Avvalgi Olimpiadada Ispaniya olimpiyachilarini finalga olib chiqqan bosh murabbiy Luis de la Fuente bu gal milliy terma jamoani qit’a chempioniga aylantirdi.

Bu gal olimpiyachilarga Santi Deniya ustozlik qilmoqda. U tarkibga Fermin Lopes, Aleks Baena hamda Pau Kubarsi kabi mashhur o‘yinchilarni jalb qildi. Fermin Lopes va Aleks Baena “Evro-2024” turnirida ham qatnashdi. Biroq ular Germaniyada asosiy rolda bo‘lmagani bois, Olimpiada jalb qilindi.

Ekspertlar ispanlar tarkibidagi 18 yoshli hujumchi Samo Omorodionga ham alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlamoqda.

Xullas, “S” guruhining birinchi turidayoq iste’dodlarga boy bo‘lgan ikki terma jamoa o‘zaro to‘qnash keladi. Ko‘ramiz, yigitlarimiz tobora tez rivojlanib borayotgan ispan futboli vakillarini to‘xtata olarmikin?

Shomurodovga barbod bo‘lgan transferdan boshqa taklif yo‘q. Lekin “Roma”ning yangi rejasi bor!

Fayzullaevga chetdan qiziqish bor, faqat...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Сафаров Кахрамонжон
20/07/2024 21:49
УЗБЕКИСТОН ЯНА БИР БОР ДУНЁ АХЛИНИ КОЙИЛ КОЛДИРИШИГА ИШОНИБ ЙИГИТЛАРИМИЗГА ОМАД ТИЛАБ УЗ ФОЙДАМИЗГА ЯХШИ ГОЛЛАР ва ЗУР НАТИЖАЛАРНИ КУРИБ КОЛИШЛИК БАРЧА УЗБЕКИСТОН МУХЛИСЛАРИГА НАСИБ АЙЛАСИН , УЗБЕК ФУТБОЛИ ТЛГА факат ОЛГА
&
Адхамжон Низомов
20/07/2024 13:59
Албатта тухтатади деб,сарлавха куйиш керак хом калла админлар.ОТЖ хакида езмай куя колинглар кискаси.керак эмас маколаларинг.
&
Сафаров Кахрамонжон
20/07/2024 21:39
Журналист булмай бошка иш килгин нима демокчи эдинг узи, томинг силжиганми эски статискани кайтарма Худо Хохласа УЗБЕКИСТОН БАЙРОГИ ПАРИЖ КУЧАЛАРИДА ХИЛПИРАБ Узок вактлар ЯЙРАБ ТУРАДИ УЗБЕК УГЛОНЛАРИГА ФАКАТ ОМАД ЁР БУЛСИН ЧИРОЙЛИ ГОЛЛАР ВА ОЛГА УЗБЕГИМ УГЛОНЛАРИ АЖОЙИБ ЮТУКЛАРНИ КУРИШ БАРЧА УЗБЕК АХЛИГА НАСИБ АЙЛАСИН
&
Адхамжон Низомов
20/07/2024 14:46
Бизни уйинчиларни юрагида ут,кузида олов чакнайди.Олга,"ок бурилар".Сизлар олимпиадада энг кучлиги сизлар.Узбекистон ахли сизларга ишонади ва доимо дуодалар.
Pardayev Shavkat
20/07/2024 09:13
Нима, Испания тўхтамаяптими? Ҳали Олимпиада бошланмадику.
.... ....
20/07/2024 03:44
Ispaniya bir tiynga qimmat! Bizani bollani yuragida o'ti bor. Ko'zi yonadi! ispaniyaniyam boshqasiniyam yutadi!
&
+998911709159
19/07/2024 22:19
Узб 2:1 Испания
Шоим Зарипов
21/07/2024 06:54
МЕН БУ МУСОБАКАДА КАШКАДАРЁ ФУТБОЛ МУХЛИСЛАРИ НОМИДАН ЙИГИТЛАРИМИЗГА ОМАД ТИЛАЙМАН ОЛЛХИМ ОЁКЛАРИНИ БАКУВВАТ ,ЗИХИНЛАРИНИ УТКИР КИЛСИН ЙИГИТЛАР НЕВАРАЛАРИМ ОРКАЛАРИНГДА УЗБЕКИСТОН ВАТАНИМИЗ ШАНИ ОТА-ОНАЛАРИНГ ШАНИ КОЛАВЕРСА БУТУН УЗБЕК ФУТБОЛ МУХЛИСЛАРИ КОЛАВЕРСА БУТУН УРТА ОСИЁ ФУТБОЛ МУХЛИСЛАРИ КУЛЛАБ ТУРИБТИ ТУРНИРДА КАНДАЙ КАТНАШИШЛАРИНГДАН КАТИЙНАЗАР БИЗ СИЗЛАРНИ ЯХШИ КУРАМИЗ СИЗЛАР ЗАФАР ОМАД ТИЛАБ КОЛАМИЗ АЗИЗ НЕВАРАЛАРИМ ОЛГА!!!!!!!!!
Farhod Qudratov
21/07/2024 03:18
Узбекларни тухтата оладимикин бу испанлар???
Абдухаликов Мухаммад
24/07/2024 08:03
Темур Кападзе шогирдларига омад
ХОЛМУРОДОВ АМИР
23/07/2024 20:36
Админлар сарлавха куйишда уйлаб куйинглар илтимос юлдузларга Тула испанлар эмиш...... бизнинг таркибни ерга урманглар
Сохипов Хусанбой
23/07/2024 18:20
Узбекистонни тухтатсинчи Испания, ютади Узбегим Элдор, Остон ва Аббосдан гол курамиз ва ютамиз.
Sunnatjon Hamdamov
21/07/2024 22:38
Durrang uynaymiz
&
Zohid.1987
21/07/2024 02:04
Tarkib jihatdan Ispaniya juda kuchli jamoa, buni tan olish kerak, asosiy oʻyinchilarni qoʼshmasa ham. Lekin Oʻzbekistonning tarkibida ham hozirgi kunda isteʼdodli oʼyinchilar yetarlicha va yigitlarimiz bu oʻyinda gʻalaba qiladi. Olgʻa OʻZBEKISTON!!!!!!!!!!!!! Futbolda hamma narsa boʻladi
Imomali
19/07/2024 21:26
1-1 булади