"Olimpik" ettita futbolchisini ro‘yxatdan chiqardi!

  • 25 iyul, 2023, 16:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Olimpik" klubi Ruslanbek Jiyanov, Rustam Azimov, Muhammadaziz Ibrohimov, Abdurahim Saydullaev, Iskandar Businov, Sarvar Sharipov va Azamat Abdurashidovni ligada ro‘yxatdan chiqardi. Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati xabar berdi. 

Muhammadaziz Ibrohimov "Metallurg" va Muhammadali G‘iyosov "Qizilqum" jamoasiga ijaraga berildi. Jiyanov esa Rossiyaning "Nijniy Novgorod" klubi tarkibiga borib qo‘shildi. Rossiyaliklar u bilan 2026 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolagan. 

Eslatib o‘tamiz, "Olimpik" klubi ayni paytda 16 ochko bilan 9-o‘rinni band etib turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!