"Olimpik" murabbiyi: "Qizil kartochka o‘yinni o‘zgartirib yubordi"

  • 19.05.2024 03:27
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Superliga 8-turidan o‘rin olgan Qizilqum – Olimpik (2:4) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar murabbiyi Sergey Chigodaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Ikki turli taymlarga guvoh bo‘ldik. Birinchisida biz qiynaldik, ayrim futbolchilar o‘yinga kirishib keta olishmadi. Balki, ularda xayajon bo‘lgandir. Ikkinchi bo‘limda esa ishtiyoq bilan harakat qildik va g‘alabaga erishdik. O‘ylashimcha, bugun 3 ochkoga haqli edik.

Bosh murabbiy Frantsiyadan ertaga qaytishi kutilmoqda. Albatta, kelgusi uchrashuvga jamoani Kapadze boshlab tushadi.

Ikkita darvozabonimizda jarohat bor edi. Umuman olganda, "Olimpik"da birinchi darvozabon yoki ikkinchi darvozabon degan tushuncha mavjud emas. Ularning har biri jamoaga yordam bera oladi.

Albatta, qizil kartochka o‘yinning borishini o‘zgartirib yubordi. Raqibning etakchi futbolchilaridan biri qizil kartochka olishi bizning imkoniyatlarimizni yanada oshirdi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!