"Olimpik" Smolovning yagona goli evaziga mag‘lub etildi

Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davom ettirayotgan "Olimpik" klubi bugun Antaliyadagi “Regnum” mehmonxonasi stadionida Rossiyaning "Dinamo" jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Ushbu uchrashuvda "olimpiyachilar" raqibiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Yagona gol muallifi Fyodor Smolov bo‘ldi. U 80-daqiqada penaltidan unumli foydalandi. Mazkur gol o‘yin taqdirini hal qildi. 

Bundan oldingi bahsda Timur Kapadze shogirdlari Rossiyaning "Arsenal Tula" klubiga 2:4 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!