
"Olimpik" va "Bunyodkor"ning o‘zaro o‘yinlarida faqat bir xil hisob kuzatilmoqda
23 noyabr kuni Superliganing 25-turida “Olimpik” va “Bunyodkor o‘rtasida Toshkent derbisi bor. Bu klublarning Superligadagi uchrashuvlar tarixiga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q. Ilk to‘qnashuv 2022 yilda bo‘lib o‘tgan.
Rosti, “Olimpik” hamda “Bunyodkor” jamoalari ishtirokidagi uchrashuvlar tarixida qiziq statistika qayd etilmoqda. Boisi, ushbu klublar shu paytgacha Superligada 5 marotaba to‘qnash kelishgan. Jamoalarning ilk o‘yinida “Bunyodkor” o‘z uyida “Olimpik”ga 1:5 hisobida engilgan. Shundan keyin qatorasiga 4 ta bellashuvda faqat 1:1 hisobi qayd etilmoqda. To‘plar nisbati 9\5 tabiiyki “Olimpik” foydasiga.
Xo‘sh, navbatdagi 6-to‘qnashuvida ham yana 1:1 natijasini ko‘ramizmi?
Fikrlar