
Olimpiya shon-shuhrati muzeyiga virtual sayohat qiling
Poytaxtimizdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyi bugungi karantin davrida uyda qolgan yurtdoshlarimiz uchun Olympic vertual muzey xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu xizmatdan foydalanish orqali siz uyingizda turib jahon arenalarida o‘zbek sporti dovrug‘ini yuqoriga ko‘tarib kelayotgan sportchilarimizning yorqin g‘alabalari aks etgan fotolavhalardan bahramand bo‘lasiz. Qisqacha aytganda, siz uyda qoling, muzey uyingizga kirib boradi.
Quyidagi havola orqali muzeyga sayohat qiling: https://t.me/Olympicmuseum
Fikrlar