
Olimpiya termamizning Osiyo chempionati saralashidagi raqibi turnirda ishtirok etmaydigan bo‘ldi
Guruhimizdan Tojikiston, Hindiston va Pokiston terma jamoalari joy olgan bo‘lib, guruhdagi o‘yinlarning barchasi poytaxtimiz Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgandi.
Ammo Pokiston olimpiya terma jamoasi mazkur saralash bahslarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Endilikda vakillarimiz joylashgan "F" guruhida 3ta terma jamoa Osiyo chempionati yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. O‘yinlar 22-26 mart kunlari oralig‘ida "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Saralash bahslarining yangi taqvimi quyidagicha ko‘rinish oldi:
"F" guruhi
22 mart, 17:00
O‘zbekiston - Hindiston ("Paxtakor" stadioni)
24 mart, 17:00
Tojikiston - Hindiston ("Paxtakor" stadioni)
26 mart, 17:00
O‘zbekiston - Tojikiston ("Paxtakor" stadioni)
Fikrlar