Oliver Kan Ronalduning "Bavariya"ga o‘tishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi
Myunxenning “Bavariya” klubi bosh direktori Oliver Kanning fikricha, Krishtianu Ronaldu "Bavariya" falsafasiga to‘g‘ri kelmaydi.
- Jahon chempionati davomida "Bavariya" Krishtianu Ronalduga boshpana berishga tayyorligi haqida ko‘p gapirildi.
- Bu gaplar qaerdan keladi? Butkul bema’nilik.
Ronaldu ajoyib futbolchi, ammo u klubimiz kontseptsiyasi va falsafasiga to‘g‘ri kelmasligi aniq.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu shov-shuvli intervyusidan so‘ng mundial arafasida “Manchester Yunayted” bilan shartnomani bekor qilgan edi. U ayni damda erkin agent hisoblanadi.
Fikrlar