Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Olmo “Barsa”da qadr topmagan futbolchi nomini aytdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Uning qadriga eting

“Barselona” yarim himoyachisi Daniel  Olmo jamoadoshlari orasida klubda yetarlicha qadr topmagan oʻyinchi borligini maʼlum qildi.

27 yoshli futbolchi jamoadoshi Erik Garsiya imkoniyatlaridan past baholangan deb hisoblaydi. Bu himoyachi joriy mavsumdagina bosh murabbiy Hans-Diter Flik uchun asosiy oʻyinchilardan biriga aylandi.

- Erik — tarkibimizdagi eng kam baholangan futbolchi. Hozir uni avvalgidan koʻproq qadrlashmoqda, ammo baribir men uni korsataman, - dedi Olmo.

Garsiya joriy mavsumda 42 oʻyin oʻtkazib, 1 gol va 2 assist qayd etgan. Dekabr oyida u klub bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q