Olmo: "Hozir omad bizning tomonda emas"
"Barselona" yarim himoyachisi Dani Olmo Ispaniya La Ligasidagi chempionlik poygasi haqida fikr bildirdi.
So‘nggi turda "ko‘k-anorranglilar" "Jirona"ga sensatsion tarzda 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, turnir jadvalidagi peshqadamlikni boy bergan edi.
"Agar biz o‘z vazifamizni to‘g‘ri bajara olsak, La Ligada barcha narsa faqat o‘zimizga bog‘liq bo‘ladi. Futbol — xatolarsiz o‘tmaydigan o‘yin. Hozir omad bizning tomonida emas, ammo bu hech qanday bahona bo‘la olmaydi", — dedi Olmo.
24 turdan so‘ng kataloniyaliklar Ispaniya chempionatida 58 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa yetakchi "Real Madrid"dan 2 ochko kam to‘plagan.
Ma’lumot uchun, Hansi Flik shogirdlari navbatdagi turda o‘z maydonida "Levante"ni qabul qiladi. Uchrashuv 22 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar