
"Oltin to‘p" uchun asosiy nomzodlar e’lon qilindi
Nufuzli "Goal" portali 2025-yilgi "Oltin to‘p" sovrinini qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogarlar reytingini yangiladi. Birinchi o‘ringa katta ehtimol "Liverpul" safida so‘ngi mavsumini o‘tkazayotgan Muhammad Saloh qo‘yildi. Misrlik hujumchi joriy mavsum APLda 21 ta gol va 13 ta assist amalga oshirgan.
Ikkinchi o‘rinda "Barselona" futbolchisi Rafinya joy olgan, u ham juda yaxshi sport formada bo‘lib turibdi. Kuchli uchlikni yana bir kataloniyalik futbolchi – Lamin Yamal yakunlab beradi.
Keyingi o‘rinlarda esa Robert Levandovski, Kilian Mbappe, Vinisius Junior, Xarri Keyn, Jud Bellingem, Jamal Musiala va Florian Virts bor.
Fikrlar