"Omadli taqvim". 5-sonda 3 nafar g‘olib aniqlandi

  • 26 aprel, 2019, 18:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun SPORTS.uz internet nashri tomonidan taqdim etilayotgan “Omadli taqvim” sovrinli o‘yinining beshinchi soni bo‘lib o‘tdi. 

Tecno

Yaxshi bilasiz, o‘yinimizda ishtirok etishni istaganlar 1 dan 36 gacha bo‘lgan raqamlardan 6 tasini tanlab olib, R harfi bilan tanlangan raqamlarni “Beeline”,  “Perfectum mobile” va “Ucell” abonentlari 5454 qisqa raqamiga, “Uzmobile” abonentlari 1424 qisqa raqamiga, “UMS” kompaniyasi foydalanuvchilari esa 77777 qisqa raqamiga SMS tarzida jo‘natishlari talab etilar edi.

G‘olib tasodifiy raqamlar generatori orqali aniqlab olinadi. Unga ko‘ra, generator o‘yinimizning beshinchi sonida dastlabki raqam sifatida 24 raqamini tanladi. Ishtirokchilarimiz orasida 35 535 nafar abonent mazkur raqamni to‘g‘ri topishdi.

Generator ikkinchi raqam sifatida 18 sonini tanladi va mazkur ikki raqamni topgan ishtirokchilar soni keskin darajada (3504 nafar) pasaydi.

Uchinchi raqam sifatida tasodifiy raqamlar generatori 24 sonini tanladi. Ammo yaxshi bilasizki, o‘yinimiz shartlariga ko‘ra, "Omadli taqvim"ning bir sonida aynan qandaydir bir raqamning takrorlanishi mumkin emas. Shu bois, uchinchi raqam qayta o‘ynaldi va generator bizga 25 raqamini taqdim etdi.

E’tiborlisi, to‘rtinchi raqam sifatida generator 19 ni tanladi va bizda bosh sovrinlar - iPhone X, noutbuk, televizor va gaz plitasiga da’vogarlar soni 5 tani tashkil etdi.

Beshinchi raqamni tanlash uchun bizga yana tasodifiy raqamlar generatori yordamga keldi va bu safar mazkur dastur 11 raqamini taqdim etdi. Bosh sovrin uchun da’vogarlik qilgan 5 ishtirokchining birortasi beshinchi raqam - 11 ni to‘g‘ri topa bilmadi. Shundan so‘ng afsuski, bosh sovrinlarga da’vogarlar qolmadi. 

Oltinchi raqam sifatida esa generator 21 raqamini tanladi va bizda 24, 18, 25, 19, 11,  va 21 raqamlarining 5 tasini to‘g‘ri topgan ishtirokchilar soni 3 tani tashkil etdi

Yaxshi bilasiz, “Omadli taqvim” sovrinli o‘yini qoidalariga ko‘ra, 5 ta raqamni to‘g‘ri topgan ishtirokchiga Redmi 6A smartfoni taqdim etiladi, biroq bunday ishtirokchilar soni bittadan ortiqni tashkil etsa, yuqorida nomi tilga olingan smartfon qiymati g‘oliblar o‘rtasida teng taqsimlanadi. Shunday ekan, to‘rtinchi sonimizda 3 nafar ishtirokchi pul mukofotiga ega chiqishdi.

Tasodifiy raqamlar generatori tanlagan raqamlar ketma-ketligi: 24, 18, 25, 19, 11, 21.

raqam1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!