
"Omadli taqvim". To‘rtinchi sonda 4 nafar g‘olib!
Yaxshi bilasiz, o‘yinimizda ishtirok etishni istaganlar 1 dan 36 gacha bo‘lgan raqamlardan 6 tasini tanlab olib, R harfi bilan tanlangan raqamlarni “Beeline” va “Ucell” abonentlari 5454 qisqa raqamiga, “Uzmobile” abonentlari 1424 qisqa raqamiga, “UMS” kompaniyasi foydalanuvchilari esa 77777 qisqa raqamiga SMS tarzida jo‘natishlari talab etilar edi.
G‘olib tasodifiy raqamlar generatori orqali aniqlab olinadi. Unga ko‘ra, generator o‘yinimizning to‘rtinchi sonida dastlabki raqam sifatida 5 raqamini tanladi. Ishtirokchilarimiz orasida 43 mingdan ziyod abonent mazkur raqamni to‘g‘ri topishdi.
Generator ikkinchi raqam sifatida 10 sonini tanladi va mazkur ikki raqamni topgan ishtirokchilar soni keskin darajada (4580 nafar) pasaydi.
Uchinchi raqam sifatida tasodifiy raqamlar generatori 19 sonini tanladi. 5, 10 va 19 conlarini to‘g‘ri topgan ishtirokchilar soni 238 tani tashkil etdi.
E’tiborlisi, to‘rtinchi raqam sifatida generator 28 ni tanladi va bizda bosh sovrinlar - iPhone X, noutbuk, televizor va gaz plitasiga da’vogarlar soni 18 tani tashkil etdi.
Beshinchi raqamni tanlash uchun bizga yana tasodifiy raqamlar generatori yordamga keldi va bu safar mazkur dastur 30 raqamini taqdim etdi. Bosh sovrin uchun da’vogarlik qilgan 18 ishtirokchining faqatgina bittasi 5, 10, 19, 28 va 30 raqamlarini to‘g‘ri topdi.
O‘yinimiz shartlariga ko‘ra esa ushbu ishtirokchimiz oltinchi raqamni ham topsalar, iPhone X, televizor, noutbuk va gaz plitasini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega edilar, ammo generator tanlagan 1 raqamini ular topa bilmadilar.
Shunday bo‘lsada, yakunda 5, 10, 19, 28, 30 va 1 sonlaridan 5 tasini to‘g‘ri topib, bizga SMS-xabar yuborganlar soni 4 tani tashkil etdi.
Yaxshi bilasiz, “Omadli taqvim” sovrinli o‘yini qoidalariga ko‘ra, 5 ta raqamni to‘g‘ri topgan ishtirokchiga Redmi 6A smartfoni taqdim etiladi, biroq bunday ishtirokchilar soni bittadan ortiqni tashkil etsa, yuqorida nomi tilga olingan smartfon qiymati g‘oliblar o‘rtasida teng taqsimlanadi. Shunday ekan, to‘rtinchi sonimizda 4 nafar ishtirokchi pul mukofotiga ega chiqishdi.
Tasodifiy raqamlar generatori tanlagan raqamlar ketma-ketligi: 5, 10, 19, 28, 30, 1.
Fikrlar