"Omadli taqvim"ning o‘n birinchi sonida uch nafar ishtirokchiga omad kulib boqdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun  SPORTS.uz internet nashri tomonidan ta’sis etilgan "Omadli taqvim" sovrinli o‘yinining o‘n birinchi soni bo‘lib o‘tdi. 

Yaxshi bilasiz, o‘yinimizda ishtirok etishni istaganlar 1 dan 36 gacha bo‘lgan raqamlar orasidan 6 tasini tanlab olib, 5454 raqamiga (UMS abonentlari 77777) yuborishlari talab etiladi. G‘olib esa  "Omadli taqvim barabani" yordamida aniqlanadi.

Unga ko‘ra, baraban o‘n birinchi sonda dastlabki raqam sifatida 8 ni tanladi. So‘ngra qolgan raqamlar ketma-ketligi quyidagicha ko‘rinish hosil qildi - 11, 35, 20.

Beshinchi raqamni aniqlash jarayonida baraban bizga 1 raqamini taqdim etdi. So‘nggi raqamni topish oldidan bizda g‘oliblikka da’vogarlik qiluvchilar soni 1 tani tashkil etdi. Ammo ushbu ishtirokchimiz so‘nggi - 34 raqamini topa bilmadi va o‘n birinchi sonda ham bosh sovrin egasi aniqlanmadi.

Shunday bo‘lsada, baraban tanlagan 8, 11, 35, 20, 1 va 34 raqamlarining beshtasini to‘g‘ri topgan ishtirokchilar soni 3 tani tashkil etdi.

Endi esa ushbu uch nafar ishtirokchiga bitta Redmi rusumidagi smartfonning qiymati pul ko‘rinishida taqsimlab beriladi.

raqam44

Bugungi sonda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar 

998 93 XXX-80-31

998 99 XXX-94-45

998 93 XXX-21-30

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!