
O'melli: "Merab Yanni engishi uchun 5 raund kerak bo‘ldi, menga esa 3"
Eng engil vazn toifasi UFC chempioni Shon O'melli Merab Dvalishvilini kamsitishga Pyotr Yan bilan jangni misol qilib keltirdi.
"Merabga Yanni mag‘lub etish uchun 5 raund kerak bo‘ldi. Menga esa 3 raund etarli", - dedi 28 yoshli chempion.
Eslatib o‘tamiz, Pyotr Yan 2022 yil oktyabr oyida Shon O'melliga ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub bo‘ldi. 3 raundga mo‘ljallangan jang UFC 280 turnirida bo‘lib o‘tgan.
2023 yil mart oyida esa Merab Dvalishvili UFC Fight Night turnirida hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan edi. To‘qnashuv 5 raund to‘liq davom etgan.
Fikrlar