Ommaviy futbol: Shirmonbuloqda mini-futbol bo‘yicha "Mustaqillik kubogi" turniri bo‘lib o‘tdi.

  • 01.09.2022 16:47
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yurtimizda ommaviy futbolni rivojlantirish borasida ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Chekka-chekka qishloqdarda ham yoshlarni sportga jalb qilish, keksalar orasida ham sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish uchun ko‘plab musobaqalar tashkil qilinayotganligi ham sir emas.

Jumladan, Andijon viloyati, Buloqboshi tumanidagi Shirmonbuloq qishlog‘ida ham mini-futbol bo‘yicha doimiy chempionat o‘tkazib kelinadi. Musobaqa 35 yoshdan katta va undan kichiklar o‘rtasida tashkil etiladi.

"Mustaqillik kubogi" deya nomlanuvchi mazkur turnir bir oy davomida o‘tkazilib, aynan bayram kuni o‘z yakuniga etadi. Joriy yilgi chempionat ham juda qiziqarli tarzda bo‘lib o‘tdi va yakunda 35 yoshdan yuqori bo‘lganlar o‘rtasida 1982 yilda tavallud topganlar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 1984 va 1987 yilda tavallud topganlardan tuzilgan jamoalar mos ravishda 2-3 o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

35 yoshdan kichiklar turnirida esa 1992, 1990 va "Markaz -1991" jamoalari g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olishdi.
Turnirda o‘ziga xos nominatsiyalar ham aniqlandi. Unga ko‘ra, turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deya "Paxtakor 79" jamoasi sardori G‘ulomjon Siddiqov topilgan bo‘lsa, eng yaxshi darvozabon deb "Faxriylar" jamoasi vakili Doniyor Berdiqulov e’tirof etildi. Musobaqa to‘purarligi esa Baxtiyor Shertoyloqovga nasib etdi. Eng foydali o‘yinchi deya yana bir "Faxriylar" jamoasi a’zosi Botirbek Xayitboev tan olindi.

Fair -Play (Halol o‘yin ) nominatsiyasi 1981 yilda tavallud topganlardan iborat jamoaga nasib etdi.
Shu tariqa navbatdagi musobaqaga ham yakun yasaldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!