Oʻq otish. Hamyurtlarimiz Osiyo chempionatidan 5 ta medal bilan qaytdi

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida joriy yilning 2–14 fevral kunlari o‘q otish sporti bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida ishtirok etgan milliy terma jamoamiz a'zolari yurtimizga qaytib keldi.

Mazkur nufuzli musobaqada sportchilarimiz jami 5 ta medalni qo‘lga kiritdi: 3 ta oltin va 2 ta kumush medal.

Shundan:
– yakkalik bahslarida 1 ta oltin;
– jamoaviy bahslarda 2 ta oltin va 2 ta kumush medal qo‘lga kiritildi.

Bu haqida O‘zbekiston Sport vazirligi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!