Ortega chempion bilan jang o‘tkazishga tayyor

  • 26 fevral, 2024, 11:55
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

Yarim engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Brayan Ortega(16-3-1 N/C) ushbu divizion chempioni Ilya Topuriya(15-0)ning navbatdagi raqibi bo‘lishga tayyorligini ma’lum qildi.

Volkanovski ajoyib chempion edi. Odamlar uni tanqid qilib yozayotgani yutuqlariga hurmatsizlikdir. Agar Aleks jang qilishni istamasligiga ma’lum qilsa, men mamnuniyat bilan Ispaniyaga boraman”, – dedi Ortega matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, Topuriya 17 fevral kuni "UFC 298" turnirida Aleksandr Volkanovskini ikkinchi raundda nokautga uchratib, kamarni qo‘lga kiritgan edi. Keyinchalik ispaniyalik Madridda birinchi himoyani o‘tkazish istagini bildirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!