O‘rtoqlik o‘yini. "Barsa" durang bilan boshladi
Kataloniyaning "Barselona" klubi yangi mavsum uchun tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Biroz avval ular mavsumoldi ilk o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi.
"Olot" hamda "Barselona" bahsida jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Dastlab, 28-daqiqada Obameyang hisobni ochdi. 45-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Eloy Amaga muvozanatni tikladi. O‘yinda hisob boshqa o‘zgarmadi.

Fikrlar