
O‘rtoqlik o‘yini. Braziliya Panamani enga olmadi
Portugaliyaning Portu shahridagi "Dragau" stadionida kechgan uchrashuvda kuchlar teng keldi - 1:1. 32-daqiqada Lukas Paketa gol kiritib, "pentakampeonlar"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 4 daqiqa o‘tar-o‘tmasdan Erik Devisning uzatmasidan so‘ng Alolfo Machado Ederson qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol etdi va muvozanatni tikladi.
Ma’lumot uchun, Braziliya o‘zining kelgusi o‘yinini 26 mart kuni Pragada Chexiyaga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar