O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Rossiyaga mag‘lub bo‘ldi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi mart oyidagi FIFA kunlarida Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazmoqda. Vakillarimiz yig‘in doirasida Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi. Afsuski, futbolchilar 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Dastlab, 1-daqiqadayoq Andrey Ivlev hisobni ochgan bo‘lsa, 44-daqiqada Firdavs Abdurahmonov oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Ammo 60-daqiqada Gleb Popilotov gol urib, jamoasiga g‘alabani taqdim etdi.
Ma’lumot uchun, Ravshan Haydarov shogirdlari keyingi bellashuvda Albaniya bilan kuch sinashadi.
Fikrlar