
O‘rtoqlik o‘yinlari. "Barselona" - "Yuventus" uchrashuvida 4 ta gol kiritildi, "Real" Meksika klubini enga olmadi
O‘rtoqlik o‘yini doirasida bo‘lib o‘tgan "Barselona" - "Yuvenuts" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar jangovor 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Kataloniyaliklar tarkibida gollarning ikkisini ham Usmon Dembele kiritdi. Turin klubi safida Moyze Kin dubl muallifiga aylandi.
Shuningdek, "Real" Madrid ham o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi. Meksikaning "Klub Amerika" jamoasiga qarshi kechgan bahsda 2:2 hisobi qayd etildi.
Madridliklar tarkibida Benzema va Azar o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Shimoliy Amerika jamoasida gollarni Martin va Fidalgo kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar