O‘rtoqlik uchrashuvi. O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Xitoyga mag‘lub bo‘ldi
O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Xitoyga qarshi ikkinchi oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazdi. Uchrashuvda jamoamiz 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Ayder Kurbaev boshchiligidagi oʻsmirlar terma jamoasi 1–7 fevral kunlari Xitoyda oʻquv-mashg‘ulot yig‘inini oʻtkazdi.
Afsuski, mazkur safar doirasida vakillarimiz mezbonlarga qarshi oʻtkazilgan ikkita oʻrtoqlik uchrashuvida ham mag‘lub boʻldi.
Fikrlar