O‘rtoqlik uchrashuvi. "Roma" Portugaliya klubini mag‘lub etdi
Yangi mavsumga Portugaliyada tayyorgarlik ko‘rayotgan "Roma" nazorat uchrashuvida maxalliy jamoa "Belenensesh" ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 15-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Ndur hisobni ochdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, Jeko oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Birinchi bo‘lim 1:1 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi taymni Mourino shogirdlari faol boshladi. O‘yinning 56-daqiqasida Zanolo gol urib, "bo‘rilar"ni oldinga olib chiqdi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Borxa Mayoralning goli bahsga nuqta qo‘ydi.
Kuni kecha "Roma" bilan shartnoma imzolagan Eldor Shomurodov bugungi o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi.

Fikrlar