O‘rtoqlik uchrashuvlari. Portugaliya 7 ta, Italiya esa 4 ta javobsiz to‘p kiritdi, Belgiyadan irodali g‘alaba

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

FIFA kunlaridan unumli foydalanishni maqsad qilgan terma jamoalar o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazmoqda. Millatlar Ligasi 5-6-turlari oldidan tashkil etilgan uchrashuvlarda Evropa grandlari bahs olib bordi. 

Jumladan, Belgiya o‘z maydonida Batshuayining dubli evaziga irodali g‘alabaga erishdi. Portugaliya Andorra darvozasiga javobsiz 7 ta gol kiritdi. Italiya ham estoniyaliklarni 4 ta gol bilan siylashga muvaffaq bo‘ldi. 

Kunning markaziy bellashuvi esa Niderlandiya va Ispaniya jamoalari o‘rtasida kechdi. Ushbu qarama-qarshilikda tomonlar 1:1 hisobida durang qayd etishdi. Gollarga esa mos ravishda Donni van de Bek hamda Serxio Kanales mualliflik qildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!