
O‘runovning bozori qizidi. TsSKA transfer uchun “Spartak”dan ikki karra ko‘p pul tikmoqda
“Ufa” tarkibidagi ishonchli o‘yinlari bilan Rossiyaning grand klublari e’tiborini qozongan Oston O‘runovni olish uchun raqobat tobora qizg‘in tus olmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, Oston O‘runovga asosiy da’vogar hisoblangan “Spartak” futbolchimiz uchun 1 million evro taklif qilgan va rad javobini olgan. TsSKA esa o‘zbek legioneri uchun ufaliklarga 2 million evro taklif qildi.
Ayni paytda “Ufa” rahbariyati “Spartak”ning navbatdagi taklifini kutmoqda. Agar “Spartak” ufaliklarni ko‘ndira olmasa, O‘runov “armiyachilar” safiga qo‘shilishi mumkin.
Fikrlar