Osimxendan yuz oʻgirishdi

  • 09.03.2026 05:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Turkiya chempionatida “Galatasaroy” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Viktor osimxen yana “top-5” ligalariga qaytish imkoniyatiga ega bo‘lgan edi. Nigeriyalik futbolchini “Pari Sen-Jermen” o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi bo‘ldi.

Jurnalist Sebastyan Denis ma'lumotiga ko‘ra, PSJ mutasaddilari keyinchalik bu g‘oyadan voz kechgan. Buning sababi Osimxenning transferi klubga 150 million evrogacha tushishi mumkin.

Bundan tashqari, futbolchi talab qiladigan har mavsum uchun 20 million evrolik maosh ham Parij superklubi moliyaviy siyosatiga to‘g‘ri kelmaydi.

Uchinchi sabab sifatida mashhur hujumchining o‘yin uslubi parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrikeni qoniqtirmagani keltirilmoqda.

“Galatasaroy” klubi Viktor Osimxenni 2025 yilning yozida “Napoli”dan 75 million evro evaziga to‘liq sotib oldi va hujumchi bilan 2029 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!