
Osiyo chempionatida 12 nafar bokschimiz finalga chiqdi
Quvaytda o‘smirlar o‘rtasida boks bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Chempionatning 14 vazn toifasida o‘tkazilgan yarim final janglari ning har bir vaznida charm qo‘lqop ustalarimiz ringga ko‘tarildi.
Unda hamyurtlarimizdan Humoyunmirzo Abdurasulov turkmaniyatonlik Doniyor Rozmetovni, Hojiakbar Mahmudov tojikistonlik Ruslan Gafurovni, Farruh To‘laganov qozog‘istonlik Amir Seilxanni, Umidillo Abdurasulov qozog‘istonlik Baxtiyar Anarbaevni, Boburbek Bobojonov qozog‘istonlik Darxan Nurjigitni, Lazizbek To‘lqinov qozog‘istonlik Sultan Moldashni, Dalerjon Bozorov tojikistonlik Shaxboz Dadajonovni, Jahongir Narziev eronlik Farhani Alirizoni, Abdulaziz Abdurahmonov qirg‘izistonlik Beksultan Kimsanovni, Mirzob Nekboev qirg‘izistonlik Baiel Samidin Uuluni, Shavkatjon Boltaev qozog‘istonlik Jandos Ersultanovni, Shahboz Hamidullaev esa quvaytlik Alsarxid Abdulazizni o‘z vazn toifalarida engib final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Afsuski, vakillarimizda Aynazar Kenesbaev va Husanboy Rihsiboev final ostonasida mag‘lubiyatga uchradi.
Fikrlar