Osiyo chempionini Jizzaxda qanday kutib olishdi (foto va video)
Xabaringiz bor, Xitoyda o‘tgan U-23 Osiyo chempionatida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi g‘olib chiqdi. Ushbu muvaffaqiyatda Jizzaxda tug‘ilib o‘sgan, hozirda Qarshining “Nasaf” klubi yarim himoyachisi Azizjon G‘anievning ham xissasi katta.
Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi rasmiy saytida yozilishicha, jizzaxliklar champion futbolchini munosib tarzda, karnay surnay sadolari ostida kutib olishdi.
Xabarda aytilishicha, futbol muxlislari yosh futbolchini tabriklash maqsadida G‘anievlar xonadoniga tashrif buyurishdi. Mahalla oqsoqollari boshchiligidagi barcha mahalladoshlar Azizjon G‘anievning chinakkam muhlisiga aylanib, Osiyo chempionati davomida uni va jamoadoshlarini qo‘llab-quvvatlab turishganini,terma jamoaning muvofaqiyati esa ularning millionlar o‘yiniga bo‘lgan mehrini yanada orttirganini ta’kidlab, uni kelajakdagi faoliyati bundanda muvoffaqiyali bo‘lishiga tilak bildirishdi.
Shundan so‘ng, Azizjon G‘aniev bilan Jizzax viloyat hokimligida Jizzax viloyat hokimi Ergash Soliev, hokim o‘rinbosari Botir To‘xtamishev, viloyat Futbol Federatsiyasi birinchi vitse prezidenti Anvar Musulmanov ,Jizzax viloyat Jismoniy tarbiya va sport ishlari boshqarmasi boshlig‘i Inom Tojiboev uchrashdilar. Uchrashuv davomida rahbarlar Alijon G‘anievga shunday o‘g‘lonni voyaga etkazib tarbiyalagani uchun minnatdorchilik bildirib, Azizjon G‘anievga ham kelajakda milliy terma jamoa safida jahon chempionatida ishtirok etib, muvofaqqiyat qozonishiga ishonch bildirishdi. Uchrashuv so‘nggida Aziz G‘anievga Jizzax viloyat hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.


Yurtimizda futbolni sevishadi. Futbolchilarimiz esa xalkimizning doimiy e’tibor va e’tirofida. Umid qilamizki,yoshlarmiz kelajakda Azizjon G‘aniev kabi yutuqlarga erishib, yurtimiz sporti dovrug‘ini yuksaklarga ko‘tarishadi. Qo‘yida Jizzax shaxar televidiniesining maxsus video lavhasini tomosha qilishingiz mumkin.

Fikrlar