
Osiyo kubogi. 6 ta gol urilgan o‘yinda Yaponiya ishonchli tarzda g‘alaba qozondi
Osiyo kubogi 1-turidan o‘rin olgan Yaponiya - Vetnam bahs bo‘lib o‘tdi va unda Moriyasu shogirdlari 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Minamino hisobni ochgan bo‘lsa, vetnamliklar ikki bora javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Taym so‘nggiga qadar Minamio dubl, Nakamura esa super goli bilan jamoasini oldinga olib chiqdi. 85-daqiqada esa Ueda o‘yinga nuqtani qo‘ydi.
Shu tariqa, Yaponiya "D" guruhida peshqadamga aylanib oldi.
Fikrlar