
Osiyo kubogi. Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Hindiston bilan o‘ynaydi
Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Qatar yashil maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogi 2-tur o‘yinini o‘tkazadi. Srechko Katanets boshchiligidagi termamizga Hindiston raqiblik qiladi.
Uchrashuv soat 19:30da o‘z bag‘riga 45 032 nafar muxlisni sig‘dira oladigan "Ahmad bin Ali" stadionida start oladi. Mazkur uchrashuvda futbolchilarimiz to‘liq oq libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanadi.
Shuningdek, uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar guruhi ham ma’lum. Ushbu o‘yinida xitoylik Fu Ming bosh hakam sifatida boshqaradi. Unga hamyurtlari Jou Fey hamda Jang Cheng yordam berishsa, zaxira hakami sifatida iordaniyalik Ahmad Muhammad ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, birinchi turda termamiz Suriya bilan nursiz durangga imzo chekkandi.
Fikrlar