Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi uchun guruhdan nechanchi o‘rinda chiqish qulay? Ehtimoliy raqiblarimiz haqida...

Osiyo kubogi-2023. Qaysi yo‘ldan yurgan ma’qul?

Hindistonga qarshi o‘yindagi g‘alaba tufayli O‘zbekiston o‘z ochkolarini 4 taga etkazib oldi hamda «B» guruhida kuchli uchlikda bo‘lishni kafolatladi. 24 jamoa ishtirok etayotgan turnirda, odatda, guruhda 4 ochko to‘plagan jamoa keyingi bosqichga chiqadi.

Biz esa 3-o‘rin haqida zinhor o‘ylamasligimiz kerak. Boisi, "B" guruhida 3-o‘rinni egallagan jamoa nimchorak finalda "C" yoki "D" guruhi g‘olibi bilan to‘qnash keladi. Ko‘p ehtimol bilan bu — Eron yoki Yaponiya bo‘ladi. Buni Suriya ham tushunib turibdi. Ular so‘nggi turda O‘zbekistonning mag‘lubiyatini kutgan holda, Hindiston darvozasiga kamida 4 ta gol urishga harakat qilishadi. Bunga shubha yo‘q.

Biz guruhda 1 yoki 2-o‘rinni egallash haqida o‘ylaganimiz yaxshi. 23 yanvar kuni Avstraliyani mag‘lub etsak, guruh g‘olibi bo‘lamiz, durang esa bizga 2-o‘rinni kafolatlaydi.

Guruhdagi o‘rnimizga qarab pley-offda qaysi jamoa(lar)ga to‘qnash kelishimiz mumkinligini tahlil qilib ko‘ramiz.

A) Guruhda 1-o‘rinni egallasak:

Nimchorak finalda — "A", "S" yoki "D" guruhida 3-o‘rinni band etgan klublardan biriga qarshi maydonga chiqamiz. Agar reyting asosida olib qaraydigan bo‘lsak, bu — Livan, Falastin yoki Vetnam bo‘lishi mumkin. O‘rtachadan sal pastroq jamoalar.

Chorak finalda esa 1/8 finalda "F" guruhida 1-o‘rin / "E" guruhi 2-o‘rin g‘olibi bilan to‘qnash kelamiz. Bu, ko‘p ehtimol bilan Saudiya Arabistoni / Iordaniya bo‘ladi.

Yarim finalda esa katta ehtimol bilan Yaponiya raqibimiz bo‘ladi.

B) Guruhda 2-o‘rinni egallasak:

Nimchorak finalda — "F" guruhida 2-o‘rinni band etgan klubga qarshi maydonga chiqamiz. Katta ehtimol bilan, bu — O‘mon yoki Tailand bo‘ladi.

Chorak finalda esa Qatarga qarshi maydonga chiqish ehtimolimiz yuqori. Bu jamoa nimchorak finalda guruhlarda 3-o‘rinni egallagan jamoalardan biriga qarshi maydonga chiqamiz.

Bu yo‘ldan yarim finalga ko‘p ehtimol bilan Janubiy Koreya yoki Eron chiqib keladi.

Xo‘sh, qaysi variant sizga ma’qulroq ko‘rinyapti? A yoki B variant?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Жуманиязов Нураддин
19/01/2024 12:34
биринчи уринми иккинчи уринми фарки йук мухими учинчи урин олмаслик
SIDDIQOV IZZATILLA
19/01/2024 13:55
Oldimizga yuqori maqsad quydikmi tamom lubboy raqibga qarshi uynashimiz kerak
&
Tillaboyev Begzodjon
19/01/2024 21:42
Biz oldin hech bo‘lmasa avstraliyaga 1 ta bo‘lsa ham go‘l urib olaylik gar urolsak
АЛИ
19/01/2024 21:04
1urin bilan chiqish kerak emas 1-urinni egallashimiz SHART VA MAJBURMIZ Sabab shuki uyin shunga qarab ketadi chustliklarda maqoli bor OSHNI KURIB EMAY KETISH ĞIRT AHMOQLIK DUR ...Olga yigitlar oʻynasin OMADINI BERSIN
&
+998911709159
19/01/2024 20:53
b variant yaxshiroq
Искандар Нарзикулов
19/01/2024 19:03
Иккинчи урин макулрок лекин факат галаба
&
Alsher
19/01/2024 15:20
1 òrin bòsa yaxshi bòlardi
&
voxid tursunov
19/01/2024 13:42
Б........
&
Бахромжон Турсунов
19/01/2024 13:26
Фақат ғалаба. Аллох ўзи қўллайди
&
Махмуд1966
19/01/2024 12:34
В