Osiyo kubogi. O‘zbekiston U-17 terma jamoasi ilk turda Yaponiya bilan durang o‘ynadi

  • 17 iyun, 2023, 16:59
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi guruh bosqich 1-turidan o‘rin olgan Yaponiya - O‘zbekiston bahsi yakunlandi. Unda vakillarimiz 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Raqiblarning goli 8-daqiqada kiritildi. Qanotdan oshirib berilgan to‘pga Yutaka Michivaki boshi bilan zarba berdi va posbonimizni dog‘da qoldirdi. 80-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Amirbek Saidov aniq zarbasi bilan muvozanatni tikladi - 1:1.

Eslatib o‘tamiz, hamyurtlarimiz 2-turni 3 kundan keyin 20 iyunda o‘tkazadi. Shu sanada Jamoliddin Rahmatullaev shogirdlariga Hindiston termasi raqiblik qiladi. Bellashuv 17:00 da start olishi ko‘zda tutilgan. 

 

Yaponiya U-17 va O‘zbekiston U-17 terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda ro‘y bergan barcha voqealar!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!