Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston U20 jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi

  • 12.01.2023 10:48
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yurtimizda bo‘lib o‘tadigan U20 Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston U20 terma jamoasi 16 yanvar kuni Toshkentda navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishadi.

Ravshan Haydarov boshqaruvidagi jamoa yig‘inning ikkinchi qismini Jidda shahrida davom ettiradi. Yoshlarimiz Saudiya Arabistoni U20 terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishi rejalashtirilgan.

U20 Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari

26 yanvar
Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston

31 yanvar
Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston.

O‘FA matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!