
Osiyo o‘yinlari. Dastlabki oltin medal muborak!
O‘zbekiston delegatsiyasi XIX Osiyo o‘yinlaridagi ilk oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Ushbu muvaffaqiyatga dzyudochimiz Diyora Keldiyorova erishdi. -52 kg vazn toifasida bahs olib borgan sportchimiz BAA vakili Birshelt Xorlodoini mag‘lubiyatga uchratib, o‘z g‘alabalari orasiga Osiyo o‘yinlari chempionligini ham qo‘shib qo‘ymoqda.
Oltin medallar bardavom bo‘lsin!
Fikrlar