
Oston O‘runov 10 daqiqa o‘ynagan o‘yinda "Ufa" "Rubin"ga yirik hisobda yutqazdi (video)
Rossiya premer-ligasining 22-turida hamyurtimiz Oston O‘runov harakat qilayotgan “Ufa” o‘z maydonida “Rubin”ni qabul qildi.
Afsuski, shu kuni mezbonlar 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘runov esa 83-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi.
Shu kuni “Rubin” safida gollarni Denis Makarov (30'), Xvicha Kvaratsxeliya (42') va Ilya Samoshnikov (74') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar