Oston O‘runov ertaga "Spartak"da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi

  • 02.08.2020 20:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Ufa” yarim himoyachisi, hamyurtimiz Oston O‘runov katta ehtimol bilan faoliyatini “Spartak” Moskvada davom ettiradi.

“Match TV” telekanali sharhlovchisi Nobel Arustamyanning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchi ertaga moskvaliklar safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Uning transferi esa yangi hafta oxirigacha, ya’ni futbolchi koronavirusdan sog‘ayib bo‘lgach amalga oshiriladi.

Qayd etish lozimki, yanvarda 200 ming evro evaziga “Lokomotiv”dan “Ufa”ga ko‘chib o‘tgan O‘runov uchun “Spartak” 2 mln evro to‘laydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Насаф
02/08/2020 21:23
Ёлгон ёзмаяпсанми ишкилиб. Эртага яна бошка нарсала ёзвормагин