
Oston O‘runov jamoasining "Zenit"ga qarshi o‘yini haqida muhim xabar e’lon qilindi
Rossiya premer-ligasining 20-turidan o‘rin olgan "Zenit" va "Ufa" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 7 mart Toshkent vaqti bilan soat 18:30 ga ko‘chirildi.
Ushbu holatga Sankt-Peterburgda 6 mart kuni ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi sabab qilib ko‘rsatilgan.
Ma’lumot uchun, "Zenit" ayni damda premer-ligada peshqadamlik qilmoqda. Hamyurtimiz Oston O‘runov harakat qiladigan "Ufa" esa 15-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar