Oston O‘runov jarohat oldimi? "Persepolis" fizioterapevti futbolchi bilan bog‘landi

  • 11 sentabr, 2024, 17:58
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"JCh-2026" saralashi doirasidagi Qirg‘iz Respublikasi hamda O‘zbekiston o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi va unda vakillarimiz 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. 

Tecno

Joel Kojo hisobni ochgan bo‘lsa, Shomurodov navbatdagi hujumning o‘zidayoq muvozanatni tikladi. 35-daqiqada Odiljon Abdurahmonov qo‘shnilarimizni hisobda olib chiqqan bo‘lsa, Alqulov tenglashtiruvchi, O‘runov esa g‘alaba golini kiritdi. 

Bellashuv yakunida O‘runov jarohat olib maydonni tark etdi va uning o‘rniga Hojimat Erkinov tushirildi. 

"Oston O‘ronov seshanba oqshomida Qirg‘iz Respublikasiga qarshi o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi safidagi uchinchi golini kiritdi. U o‘yinning so‘nggi daqiqalarida jarohati tufayli almashtirildi va maydonni tark etdi.

Shu sabab "Persepolis" tibbiyot xodimlari u bilan bog‘landi. O‘urnov jamoa fizioterapevti bilan telefon orqali suhbatda, jiddiy jarohat olmaganini ma’lum qildi", - deya xabar berdi forslar matbuoti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!