Oston O‘runovning holati haqida yaxshi xabar!

  • 21 iyul, 12:07
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oston O‘runov tez orada guruh mashg‘ulotlariga qaytadi. Bu haqda Eronning "Total Futbal" sahifasi ma’lum qildi.

"O‘runovning so‘nggi holati haqida shuni aytish mumkinki, uning ahvoli ancha yaxshilangan va bu holat davom etsa, u keyingi haftaning boshida yoki undan oldin jamoaning guruh mashg‘ulotlarida ishtirok eta oladi.

Tecno

Futbolchi o‘zining takroriy jarohatlaridan juda ranjigan va bu safar yaxshiroq holatda guruh mashg‘ulotlariga qaytishga harakat qilmoqda va o‘yinlarga shoshilmayapti" - deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, "Persepolis" tarkibidagi legioner futbolchimiz terma jamoa safida BAAga qarshi bahsda jarohat olib maydonni tark etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!