Ot sporti: hamyurtlarimiz Rossiyadagi xalqaro musobaqada sovrindor bo‘lishdi

  • 28.06.2022 17:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Ot sporti

Turnirda mazkur sport turidagi Evrosiyo ligasi tarkibiga kirgan 11 jamoa qatnashdi. Qizg‘in kechgan bellashuvlarning jamoaviy dasturida terma jamoamiz mezbonlardan so‘ng ikkinchi pog‘onaga ko‘tarildi. Qayd etish joiz, bahslarda O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziev boshchiligida Bekzod Qurbonov, Nurjan Tuyakbaev, Umid Kamilov, Xurshidbek Alimjonov kabi chavandozlarimiz yurtimiz sharafini himoya qildilar.

d4f4e04c864208a428079.jpg

Ahamiyatlisi, 125 smni tashkil etgan to‘siqlardan o‘tish bellashuvida Bahromjon Gaziev mahorat ko‘rsatib, “Lady” tulporida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Tabiiyki, ushbu natija terma jamoamizning boshqa vakillarini yanada ruhlantirdi. Shundan so‘ng balandligi 145 sm bo‘lgan bahsda Nurjan Tuyakbaev oltin medal sohibi bo‘ldi.

adce93a6f4d00839a95c6.jpg

Musobaqaning eng asosiy yo‘nalishi – 150 sm balandlikdagi to‘siqlardan tashkil topgan Gran-pri dasturida Bekzod Qurbonov g‘alabani tantana qildi.

2eb773f77c9a5675efcf2.jpg

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!